Botir Usmonov

Me'mor, Rassom
Botir Usmonov
Tavallud sanasi:
1941

O‘zbekiston va chet ellarda yirik inshootlarni loyihalashtirgan B.Usmonov O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti, «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan me'mor» unvoni, Buxoro tarixiy mintaqasi me'morchilik yodgorliklarini tiklagani uchun Xalqaro «Og‘axon» mukofoti sohibi. Sharq mamlakatlari Xalqaro arxitektura Akademiyasining haqiqiy a'zosi.

Botir Usmonov 1941 yilda Toshkentda tug‘ilgan. 1969 yilda Toshkent Politexnika institutining arxitektura fakultetini tugatgach, O‘zbekiston Davlat loyiha institutida me'morlar guruhi rahbari bo‘lib mehnat faoliyatini boshladi.

1971-1978 yillarda Toshkent Bosh loyiha institutida loyihalar bosh me'mori, 1978-1982 yillarda O‘zbekiston madaniy yodgorliklarini ta'mirlash ilmiy-tekshirish va loyiha institutida bo‘lim bosh me'mori, 1982-1988 yillarda O‘zbekiston tajriba ilmiy-ta'mirlash badiiy me'morchilik tashkiloti direktori bo‘ldi.

1988-1989 yillarda Toshkent shahar me'morchilik va qurilish Bosh boshqarmasida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, 1989-1990 yillarda Toshkent shahar me'morchilik va qurilish Bosh boshqarmasi boshlig‘i va Toshkent shahar Bosh me'mori, 1990-1993 yillarda O‘zbekiston Arxitektura Davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimlarida ishlab, 1998 yildan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi Madaniy yodgorliklarini saqlash ilmiy-ishlab chiqarish Bosh boshqarmasining boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Talabalik yillarida olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llab, kichik-kichik binolarning loyihasini tuzish va qurishda qatnashib, ancha tajriba orttirgan B.Usmonov asta-sekin yirik-yirik ma'muriy va turar-joy inshootlarini, dam olish maskanlarini qurdi. Toshkentdagi knyaz Romanov, Polovsev saroylarini qayta ta'mirlashda qatnashdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Avtotransport vazirligining ko‘p qavatli binosi, O‘zbekiston gaz Boshqarmasi binosi, O‘zbekiston madaniy yodgorliklarini ta'mirlash ilmiy-tekshirish va loyiha instituti binosi, 12 qavatli turar joy binosi, Sochi shahridagi «O‘zbekiston» sanatoriyasi majmuasi, «O‘zbekiston» sanatoriyasidagi 200 o‘rinli choyxona, Moskvada bo‘lib o‘tgan yoshlar va studentlar XII Jahon festivalida qad ko‘targan «O‘zbekiston» pavilonini qurdi.

Mustaqillik yillarida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Urgench, Farg‘ona va boshqa shaharlarda o‘tmishda o‘tgan buyuk tarixiy shaxslar madaniyat arboblariga bag‘ishlab ko‘plab tarixiy-madaniy inshootlar qurildi, mavjudlari esa qayta ta'mirlandi. Bunda respublikamiz me'morlari barcha imkoniyatlardan to‘la foydalanib, faol qatnashdilar.

B.Usmonov salohiyati va iste'dodining yangi qirralari ham xuddi shu yillarda yarq etib ko‘zga tashlandi. So‘nggi o‘n yil mobanida O‘zbekiston va chet ellarda qurilgan yirik inshootlarning ko‘pchiligida u yaqindan ishtirok etdi.

Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasining binosi, Olmoniyaning Zul shahridagi «O‘zbekiston» choyxonasi, Volgograd shahridagi «Toshkent» restoranining qayta qurilgan binosi, Toshkent va Shahrisabz shaharlaridagi Amir Temurga bag‘ishlangan monumental haykallar, B.Usmonovning mustaqillik yillaridagi ijodining mahsulidir.

Shuningdek, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Qo‘qon shaharlaridagi tarixiy yodgorliklarni tiklashda ham qatnashdi.

B.Usmonov qator tanlovlarda ishtirok etib, bir necha marotaba sovrindorlar qatoridan joy oldi. O‘zbekiston va Xalqaro miqyosida bo‘lgan simpozium, kongress va seminarlarda maqola va ma'ruzalari bilan qatnashdi.

1999 yilda Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan masjidlar me'morchnligiga bag‘ishlangan Simpoziumda «Yuqori baho sertifikati» (Grandi)ga sazovor bo‘ldi. U 1997 yilda Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligiga bag‘ishlangan «O‘zbekiston arxitektura yodgorliklari» kitob-albomlarining muallifidir.

Sochi shahridagi «O‘zbekiston» savdo trayektoriyasi majmuasini loyihalashtirgani va qurgani uchun 1977 yilda B.Usmonov O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. 1988 yilda «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan me'mor» unvoni bilan, 1995 yilda Buxoro tarixiy mintaqasi me'morchilik yodgorliklarini tiklagani uchun Xalqaro «Og‘axon» mukofoti bilan taqdirlandi. 

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/usmonov_botir_
Sayt foyda berdi!
87720 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek va dunyo ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi